Lingora Academy
- Toshkent
- Dars tillari: Rus tili, O'zbek tili, Ingliz tili
Tavsif
Hurmatli ota-onalar! Mening ismim Marjona. Men 5 yildan ortiq pedagogik tajribaga ega, TESOL sertifikatiga ega ingliz tili o‘qituvchisiman. Faoliyatim davomida turli yoshdagi va bilim darajasidagi o‘quvchilar bilan ishlab, ularning ingliz tilidagi bilimlari va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga yordam berganman. Dars berish uslubim individual yondashuv, interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy bilimlarga asoslangan. Darslarda ingliz tilining to‘rtta asosiy ko‘nikmasi — gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozish birgalikda rivojlantiriladi. Har bir o‘quvchining yoshi, bilim darajasi va individual ehtiyojlarini hisobga olib, darslarni shunga moslashtiraman. Lingora Academy'da ota-onalar farzandlarining darsga qatnashishi va o‘quv jarayoni haqida muntazam ma'lumot olishlari mumkin. Har bir bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilarga sertifikat taqdim etiladi. Bizning maqsadimiz shunchaki ingliz tili grammatikasini o‘rgatish emas, balki o‘quvchilarga ingliz tilida erkin va ishonch bilan muloqot qilishni o‘rgatishdir!
Fanlar va narxlar2
| Fan | Davomiyligi | Format | Dars narxi |
|---|---|---|---|
| Ingliz tili | 60 daq | Onlayn va yuzma-yuz | 59 000 so'm |
| IELTS | 60 daq | Onlayn | 59 000 so'm |