Tutoring (tutoring.uz) — repetitorlar marketplace'i va o'quv markazlari uchun tizim. Bu yerda qanday ma'lumotlarni saqlashimiz, nima uchun va ularni qanday o'chirish mumkinligi yozilgan.
Qanday ma'lumotlarni saqlaymiz
Akkauntingizdagi ism, telefon va til; o'qituvchilarning ish maydonlari ma'lumotlari (tavsif, fanlar, narxlar); arizalar va darsga yozilishlar: o'quvchining ismi va sinfi, vaqt, format, izohlar va dars holati; o'qituvchining dars haqidagi izohlari. To'lov ma'lumotlarini saqlamaymiz.
Google Kalendar
O'qituvchi o'z Google Kalendarini ulashi mumkin. Bu ruxsatdan faqat Tutoring orqali yozilgan darslar uchun tadbirlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish hamda ular uchun Google Meet havolasini olish uchun foydalanamiz. Kalendardagi boshqa tadbirlarni o'qimaymiz, Google ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz. Kirish uchun faqat yangilash tokeni shifrlangan omborda saqlanadi. Google'ni istalgan vaqtda jadval sozlamalarida uzish mumkin — token darhol o'chiriladi.
Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
Faqat xizmat ishlashi uchun: profillarni ko'rsatish, darsga yozish, xabarnomalar yuborish va jadvalni yuritish. O'quvchi ma'lumotlarini faqat uning ota-onasi va u o'qiydigan ish maydoni xodimlari ko'radi. Ma'lumotlarni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.
Ma'lumotlarni o'chirish
Akkauntingizni va unga bog'liq barcha ma'lumotlarni o'chirishni so'rashingiz mumkin. So'rov sizdan kelganiga ishonch hosil qilganimizdan so'ng ularni o'chiramiz.
Biz bilan bog'lanish
Ma'lumotlar bo'yicha savollar va o'chirish so'rovlarini @tutoringuz_bot Telegram boti orqali yuboring.